Qayta tanlov e’lon qilishga qaror qilindi

Date:

Har qanday loyiha va tashabbus xalq manfaatini ko‘zlashi, turmush sharoiti, hayotini farovonlashtirishga xizmat qilsagina ko‘zlangan maqsad, yo‘naltirilgan mablag‘ o‘zini oqlagan bo‘ladi. Xuddi shunday nodavlat notijorat tashkilotlari turli loyiha tanlovlariga ishtirok etib, grand yutib olgach, tanlagan yo‘nalish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi. Fuqarolarga munosib ko‘makni berishi lozim. Ho‘sh, grand mablag‘lari to‘g‘ri yo‘naltirilyaptimi, tashviqot ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganmi? Bu borada nazorat, tekshiruv ishlari amalga oshirilsa, NNTlar, albatta, mas’uliyat va xushyorlikni yo‘qotmaydi. Xuddi shu maqsadda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi huzuridagi “Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha Jamoat  komissiyasi”ning navbatdagi yig‘ilishida e’lon qilingan tanlovlarga nodavlat notijorat tashkilotlaridan kelib tushgan loyihalar ko‘rib chiqildi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining “Inson qadrini ulug‘lashda mahalla institutlari rolini oshirishga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusi bo‘yicha 1-grant tanloviga o‘z loyihalarini taqdim etgan “Diyor 24” ommaviy axborot nashri, “Bolalar va oilani qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi”, “O‘zbekiston Sartaroshlar assotsiatsiyasi” viloyati hududiy bo‘linmalari, “Ayol va shodlik” ayollar va yoshlarni ijtimoiy himoya qilish markazi, “Universal ko‘makchi” NNT hamda “O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Oltinsoy tuman bo‘limi” g‘olib deb topildi. G‘oliblariga tuzilgan shartnomalar asosida 30 000 000 so‘mgacha grant mablag‘lari ajratilishi belgilandi.

Fuqarolik jamiyati institutlarining “Sport – tinchlik elchisi” sifatida aholi o‘rtasida sport turlarini ommalashtirish, yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan navbatdagi grant tanloviga taqdim etilgan loyihalar soni yetarli emasligi sababli joriy yilning 20-mayidan 20-iyuniga qadar bo‘lgan muddatda qayta tanlov e’lon qilishga qaror qilindi.

Shuningdek, komissiya yig‘ilishida joriy yilda ijtimoiy buyurtma uchun mablag‘ ajratish masalasi ham muhokama qilindi va tegishli qaror qabul qilindi.

S.Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun