Oʻquv laboratoriya markazi faoliyatini boshladi

Date:

O‘zbekiston-Turkiya hamkorlik aloqalarini kengaytirish doirasida “Turk-Lab-Med” MChJ hamda Termiz davlat universiteti tomonidan 1,5 million AQSH dollarilik xorijiy investitsiya hisobiga qator laboratoriya xizmatlarini ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etilgan. Mazkur hamkorlik aloqalari natijasida ishga tushirilgan laboratoriyalarda 40 dan ortiq Termiz davlat universiteti bitiruvchilari ish bilan ta’minlangan.

Termiz shahrida “Turk-Lab-Med” MChJ hamda Termiz davlat universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali bilan hamkorlikda navbatdagi o’quv laboratoriya markazi faoliyatini boshladi. Markazning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, “Turk-Lab-Med” MChJ va sog‘liqni saqlash sohasi mutasaddilari hamda nuroniylar va faollar ishtirok etdi.

Ushbu laboratoriya markazining ishga tushirilishi natijasida mikroorganizmlar biologiyasini o‘rganish, hujayraviy tuzilishi, kulturalar hosil qilish, mikroblarni turlarga ajratish, immunoferment analizi, mikroorganizmlarni aniqlash kabi xizmatlar ko‘rsatiladi hamda bevosita oliygoh talabalari uchun amaliy ishlar yo‘lga qo‘yiladi.

Oldingi sahifa2-IMI gʻolib
Keyingi sahifaChora ko‘rildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun