Magistral suv quvuri tarmog‘i qurilishiga start berildi

Date:

“To‘polang” suv omboridan Termiz shahrigacha bo‘lgan qariyb 382 kilometr uzunlikdagi magistral ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi amalga oshirilayotganidan xabaringiz bor. Ushbu yirik infratuzilmaviy loyiha orqali Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Termiz, Bandixon, Qiziriq, Angor, Muzrobot va Sherobod tumanlari, shuningdek, Termiz shahrida istiqomat qiluvchi 2 millionga yaqin aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Achilboy Ramatov Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurib, loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif doirasida Termiz va Bandixon tumanlarida nuroniylar, faollar va jamoatchilik vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov, tegishli vazirlik va idoralar mas’ullari, loyiha ijrochilari, muhandis-quruvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Uchrashuvdan so‘ng loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida Termiz tumanida 28,6 kilometr va Bandixon tumanida 2,3 kilometr uzunlikdagi ichki metall hamda 9,4 kilometr magistral suv quvuri tarmog‘i qurilishiga start berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stadion zamonaviy talablarga moslashtiriladi

Sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun qulay sharoit yaratish va...

TerDUda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Ta’lim, sport va dam olish uchun zamonaviy infratuzilma yaratish...

Ekstremizm: huquqiy mexanizmlar kuchaytirilmoqda

Jamiyat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ekstremizmning...

Obod mahalla, baxtli bolalik

Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish —...
KunTun
KunTun