Turizm salohiyati oshiriladi

Date:

Turizm istiqbolli va moʻmay daromad keltiradigan soha. Shu sababdan ham soha rivojiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan hududlarning turizm salohiyatini oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida tizimli ishlar boshlab yuborildi.

Termiz arxeologiya muzeyida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida turizm sohasidagi vazifalar, amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilishda mutasaddilar hamda videokonferensaloqa orqali tumanlar hokimlari ishtirok etib, turizm qishloqlarini tashkil etish, turizm markazlari qurilishi va sohadagi amaliy ishlar yuzasidan axborot berdilar.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi Termiz shahrining “Eski shahar” mahallasida o‘tgan haftada berilgan topshiriqlar ijrosini o‘rgandi. Infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar joyida ko‘zdan kechirildi. Jumladan, uy-joyi ta’mirlangan yakka yolg‘iz yashovchi fuqaroning xonadoniga tashrif buyurildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun