Logopediya laboratoriya xonasi tashkil etildi

Date:

Termiz davlat pedagogika institutida maxsus ehtiyojga ega boʻlgan bolalarda nutq muammolarini aniqlash, oldini olish va tuzatish maqsadida maxsus logopediya laboratoriya xonasi tashkil etildi. Ushbu logoped shahobchasida bolalarda toʻgʻri va ravon nutqni shakllantirib, talaffuz, grammatika va lug’at boyligini oshirishga, bolalarda uchraydigan nutq nuqsonlari, tovushlarni toʻgʻri aytishga yordam beradi.

Shuningdek, kechikkan nutq rivojlanishi ustida individual va guruhli logopedik mashg’ulotlar o’tkazilib, bolaning nutq rivojlanish darajasi baholanadi va maxsus testlar va metodikalar yordamida nuqsonlar aniqlanadi.

Zamonaviy logopedik vositalar va metodlar asosida bolalarga mos individual ish rejasi amalga oshiriladi.Ota-onalar farzandida nutq bilan bog’liq muammolar mavjud bo’lsa, albatta, ushbu logopediya markaziga murojaat qilishlari mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun