Surxondaryo delegatsiyasi Qashqadaryoda bo‘lib qaytdi

Date:

Muvaffaqiyatning siri bilim-salohiyat, tinimsiz harakat va mehnatda deb bilish yaxshi natija beradi. Ana shunday omadli faoliyat tajribani boyitadi. Bunday tajribani o‘rganish, ommalashtirish lozim. Ayni shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Fayzulla Mamanov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib qaytdi.

Aytish kerakki, qo‘shni viloyatda o‘z faoliyatini boshlagan hokim yordamchilari faoliyati e’tibor va e’tirofga sazovor. Tajriba almashishni maqsad qilgan vohamiz delegatsiyasini Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Alisher Qodirov hamda bir guruh mas’ullar kutib oldi. Mehmonlar keliboq Qarshi tumanidagi “Abu Muin Nasafiy” ziyoratgohini ziyorat qildilar. Shundan so‘ng, Kasbi tuman Qamashi qishlog‘ida qaytadan bunyod etilgan “Obod mahalla markazi”da bo‘lib, u yerda yaratilgan xizmat ko‘rsatish sohasi, sport, monomarkaz, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish markazlaridagi shart-sharoitlar hamda ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Koson tumanidagi aholi xonadonlarida chorvachilik sohasida amalga oshirilgan ishlar maqtashga arzigulik. Delegatsiya a’zolari bevosita xonadonlarda bo‘lib, soha yutuqlari bilan tanishgach, mehnatkashlar o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Qashqadaryoda hokim yordamchilari bosh qo‘shgan qay sohaga boqmang, o‘zgarishlarni sezish mumkin. Xalq bandligi ta’minlanib, yashash sharoitlar tubdan yaxshilangani haqida to‘lqinlanib so‘zlayapti. Demak, hokim yordamchilari o‘zlariga yuklangan vazifani to‘laqonli uddalayapti hamda xalq ishonchi va mehrini qozonishga sazovor bo‘lib ulgurgan.

Katta taassurotlar bilan boshlangan safar nihoyasiga yetib, Surxondaryoga qaytgan mas’ullardan amaliy tashabbuslar kutib qolamiz.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar aniq, ijrosi muhim

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida...

Maktablar qishga tayyor

Termiz shahar hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi...

“Maromiylik” — isrofning oldini oladi

Yurtimizda to‘y va marosimlarni tartibga solish, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish...

Kelishuv manfaatli boʻldi

Surxondaryoda bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasining Fors viloyati hokimi...
KunTun
KunTun