Qoloq hududdan rivojlangan mahallaga aylanmoqda

Date:

Prezidentimizning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Surxondaryo viloyatida 77 ta eng og‘ir toifadagi mahalla tanlab olinib, ularda infratuzilmani yaxshilash va aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Qiziriq tumanida dasturga kiritilgan 5 ta mahallaning biri — “Takiya” mahallasi bo‘lib, u avvallari kambag‘allik darajasi yuqori va aholining tomorqadan samarali foydalanishi uchun yetarli sharoitlar mavjud bo‘lmagan hudud sanalardi.

Dastur asosida mahallada 3,2 kilometr ichki tuproq yo‘llar asfaltlandi, yirik hajmli suv nasosi o‘rnatilib, sug‘orish tizimlari tubdan yaxshilandi.

Nasos tizimiga o‘rnatilgan quyosh panellari esa elektr energiyasini tejash imkonini yaratib, uzluksiz suv ta’minotini ta’minlamoqda. Natijada aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, daromad topish va kambag‘allikdan chiqish imkoniyati paydo boʻlmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu mahallaga tashrif buyurib, amalga oshirilgan ishlar, yaratilgan sharoitlar va aholining tomorqadan foydalanish holati bilan tanishdi. Mutasaddilarga ishlarni izchil davom ettirish, dastur doirasida belgilangan infratuzilmani yanada yaxshilash ishlarini sifatli yakunlash vazifasi yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Doʻstlik va hamjihatlik qadri ulugʻlandi

Millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik jamiyat barqarorligi hamda...

O‘zbekiston haqidagi xolis nigoh

O‘zbekistonning boy tarixi, ma’naviy merosi va bugungi taraqqiyotini xalqaro...

Janubda “Shukronalik darslari” o’tkazildi

Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Hayrabod...

Deputat tashabbusi

Oltinsoy tumanining “Yangiqurilish” mahallasi aholisi tomonidan toza ichimlik suvi...
KunTun
KunTun