Tadbirning ahamiyati oshdi

Date:

Tarixidan, ajdodlaridan faxrlanadigan xalqmiz. Qadimiy maqbara, binolarimiz, ilmiy-maʼnaviy merosimiz sanalmish adabiyotlarimiz biz uchun eng katta boylikdir. Oʻtmishni oʻrganib, kelajakni oʻylagan holda izlanamiz. Bizdan obod vatan qolishi uchun mehnat-u harakatdan toʻxtamaymiz. Bu esa yoshlar, kelgusi avlodlar uchun eng yaxshi ibrat namunasidir.

Ana shunday saʼy-harakatlar davomi sifatida Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchi va talabalari shahrimizdagi harbiy qismlarning birida bo‘lib, buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etishdi.

Professor-o‘qituvchilar harbiy xizmatchilarga “Amir Temur buyuk sohibqiron  va davlat arbobi”, “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda “Temur tuzuklari”ning o‘rni” mavzularida ma’ruza qilishdi.

Talabalar esa Amir Temur siymosi gavdalantirilgan sahna ko‘rinishlari orqali tadbirning ahamiyatini ta’sirchan yetkazishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Doʻstlik va hamjihatlik qadri ulugʻlandi

Millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik jamiyat barqarorligi hamda...

O‘zbekiston haqidagi xolis nigoh

O‘zbekistonning boy tarixi, ma’naviy merosi va bugungi taraqqiyotini xalqaro...

Janubda “Shukronalik darslari” o’tkazildi

Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Hayrabod...

Deputat tashabbusi

Oltinsoy tumanining “Yangiqurilish” mahallasi aholisi tomonidan toza ichimlik suvi...
KunTun
KunTun