Shaharsozlik qonunchiligini buzganga javobgarlik tayin

Date:

Yashaydigan uyimiz, faoliyat olib borayotgan savdo nuqtamizni o‘z istak-xohishimizga qarab o‘zgartirishni istaymiz. Va shunday qilamiz ham. Bu istagimiz binoning xavfsizligiga ta’sir qilishini esa o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Aslida odam oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan tarzda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik mavjud. Bu norma 2025-yil 25-mart kuni Oʻzbekiston qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarda belgilandi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz obyektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni oʻzgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik, shuningdek, binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini buzgan holda loyihalashtirganlik, rekonstruksiya qilganlik va qurganlik uchun javobgarlik yuzaga kelishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Bunda jinoiy javobgarlik aybdor shaxslar ushbu huquqbuzarliklar uchun maʻmuriy javobgarlikka tortib boʻlinganidan keyin yuzaga keladi. Odam oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan tarzda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik kiritilmoqda.
Shuningdek, qonunchilikni buzgan holda koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni oʻzgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq jinoyatni birinchi marta sodir etgan hamda amalga oshirilgan oʻzgartirish yoki buzilishlarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan shaxs javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi nazarda tutilmoqda. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini amalga oshirish doirasida beriladigan koʻrsatmalarini buyurtmachilar tomonidan bajarmaganlik, shuningdek obyektlarni ekspert tashkilotlarning shaharsozlik hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz qurganlik uchun javobgarlikni belgilovchi normalar bilan toʻldirilmoqda.
Shuningdek, shaharsozlik sohasidagi qoidabuzarliklar uchun solinadigan jarimalar miqdorlarini koʻpaytirish nazarda tutilmoqda. Qonun rasmiy eʻlon qilingan kundan eʻtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun