Yer nazoratda

Date:

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Uzun tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning “O‘rmonchi” mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan tumanning davlat zaxirasida bo‘lgan qishloq xo‘jaligi xaritasining 50-q-dala konturidagi yaylov yer maydonidan o‘zboshimchalik bilan 0,08 gektar egallab olib, 168 kv.metrdan iborat poydevor (fundament) qurib olganligi holati aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan, Uzun tuman bo‘limi inspektorlar tomonidan fuqaroning o‘zboshimchalik bilan qurib olgan poydevor (fundament) binosiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60-modda, 3-qismi (https://lex.uz/acts/-97664) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qarori qabul qilingan hamda bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatma ham berilgan.
Shundan so‘ng, fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurib olgan poydevor (fundament) binosi o‘z hisobidan bartaraf etilib, yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi ta’minlandi.
Eslatma, O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar ko‘rib chiqiladi.
Unutmang, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkor ko‘magi bilan…

Surxondaryoda ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlarga moslashtirish ishlari izchil davom...

Maktabda “Muhandislik laboratoriyasi” ishga tushadi

Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov 44-sonli umumta’lim maktabida ilgari...

Og‘ir toifadan zamonaviy qiyofagacha…

Bugun katta-katta o‘zgarishlar, yangilanishlar ostonasidamiz. Boshlangan islohotlar esa chekka-chekka...

Navoiy qaytdi

Sahna jang maydoni emaski, unda g‘olib-u mag‘lub bo‘lmagay, haq...
KunTun
KunTun