“Insondan – insongacha”

Date:

Angor tumanida “Insondan – insongacha” shiori ostida kouching tashkil etildi. Mazkur kouching davomida sanatoriylarga yo‘llanma olish imkoniyatlari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun adaptiv sport turlari va boshqa ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Kouchingdan asosiy maqsad – Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga xalqchil tilda tushuntirishdan iborat. Tadbir davomida markaz psixologi tomonidan bepul psixologik xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlari to‘g‘risida ham tushuncha berildi. Shuningdek, fuqarolar ishtirokida trening mashg‘ulotlari, turli xil qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tashabbuskor yoshlar harakatda

Yurtimizda obodonlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu...

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning harbiy sohaga oid bilim...

Tarixiy meros — milliy g‘urur va ma’naviyat manbayi

Ajdodlarimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, yosh avlod...

Huquqiy tushunchalar berildi

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan harbiy...
KunTun
KunTun