Topshiriqlar ijrosi muhim

Date:

Prezidentimizning tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsion muhitni yaxshilash orqali ish o‘rinlarini ko‘paytirish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini oshirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumani va Termiz shahrida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahalliy va xorijiy investitsiyalar hisobiga tashkil etilgan loyihalar faoliyati bilan tanishdi.
Jumladan, Sherobod tumanidagi “Surxon yog‘ invest” MCHJ yog‘ ishlab chiqarish korxonasi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Umumiy qiymati 5 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyihaga tadbirkor tomonidan 2 milliard so‘m investitsiya kiritilgan. Yiliga 10 ming tonna yog‘ ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan korxonada 20 ta ish o‘rni yaratilgan. Viloyat rahbari mas’ullarga tadbirkor bilan hamkorlikda ishlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va korxona faoliyatini kengaytirishga ko‘maklashish vazifasini yukladi.
Shundan so‘ng, Turkiya-O‘zbekiston hamkorligida tashkil etilgan Turk-Lab-Med hamda Termiz davlat universitetining “Mikrobiologiya” o‘quv laboratoriyasiga tashrif buyurildi. Laboratoriya aholiga zamonaviy xizmatlar ko‘rsatib, innovatsion texnologiyalar asosida faoliyat yuritmoqda. Loyiha doirasida 1,5 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiya jalb qilinib, 25 ta ish o‘rni yaratilgan.
Viloyat rahbari laboratoriya faoliyati bilan tanishar ekan, xizmatlar soni va sifatini oshirish, qo‘shimcha istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun