Teatr – ibratxonami?

Date:

Mahmudxo‘ja Behbudiy aytganidek, teatr haqiqatan ham ibratxona, qutlug‘ tarbiya va ma’rifat maskanidir.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti “Talabalar teatr studiyasi” tomonidan Abdulla Qahhor asari asosida spektakl sahnalashtirildi.
Universitet o‘qituvchi va talabalari uchun ayni spektakl namoyishi boʻlib oʻtdi.
Aytish kerakki, iqtidorli yoshlarning izlanish va saʼy-harakatlari besamar ketmagan. Har bir sahna chiqishi puxta ishlangan. Taʼsirli, mazmunli va sarf etilgan vaqtga arzirli. Muhimi, spektakl yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan har bir rol tengdoshlarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TAXIATOSH SURXONDARYO TAJRIBASI ASOSIDA RIVOJLANTIRILMOQDA

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumani Surxondaryo viloyatiga biriktirilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy...

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....
KunTun
KunTun