Koʻchamizda otlar dupuri…

Date:

Sharqona yangi yilni katta xursandchilik bilan kutib oldik. Ertag-u dostonlarda aytilganidek, xalqimizda Navroʻz uch kecha-yu uch kunduz katta toʻy-u tomoshalar bilan yanada fayzli oʻtmoqda.

Termiz shahri ko‘chalari bo‘ylab Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan kuch tuzilmalarining otliq bo‘linmalari ishtirokida “Otliq kavaleriya paradi” tantanali tarzda o‘tkazildi. Paradning shukuhi va zavqini esa unda ishtirok etganlar his eta oldi deyish mumkin. Ishtirok etmaganlar esa armonda qolganlari aniq.

An’anaviy ruhda o‘tgan mazkur tadbir Navro‘zga xos milliy qadriyatlarimizni, jasorat va sadoqat timsoli bo‘lgan otliqlarning sha’nini ulug‘lashga xizmat qildi. Bahorning ilk kunlarida shahar ko‘chalarida yangragan otlar dupuri va bayramona kayfiyat barchaga zavq bag‘ishladi!

Oldingi sahifaBAYRAMGA MUNOSIB TUHFA
Keyingi sahifaYoshlarimiz faxrimiz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun