QADR

Date:

Ota o‘limidan oldin farzandini chaqirib, qo‘liga bir soat tutqazdi.
– Bu soat 200 yil oldin yasalgan. Bizga bobongning bobolaridan meros qolgan. Sen buni mahalla boshidagi soatsozga olib borib, sotmoqchi ekaningni ayt va uning javobini menga keltir, – dedi. O‘g‘il borib, soatsozdan:
– Buning eski ekan, besh dollar beraman, – degan javobni olib keldi.
– Endi buni antikvar-noyob narsalar sotiladigan do‘konga olib borgin, – dedi ota.
U yerga borgan o‘g‘il do‘kondorning «besh ming dollar beraman» degan javobi bilan qaytdi. Ota yana o‘g‘lini yubora turib:
– Endi buni davlat muzeyiga olib borib, sotmoqchi ekaningni ayt, – dedi. Muzeyga borib, otasi yoniga juda hayratlangan holda qaytgan o‘g‘il:
– Muzeydagilar bir mutaxassisni chaqirtirib, uni yaxshilab tekshirganlaridan so‘ng, shu bir parchagina temirni bir million dollar deb baholashdi-ya, – dedi.
Shunda ota:
– Bolam, senga o‘rgatmoqchi bo‘lganim, sening joying – qadringni to‘g‘ri bilishadigan joyda. O‘zingni noto‘g‘ri yerga qo‘yib, qadringga yetmasalar, xafa bo‘lib yurma. Qadringni bilgan qadringga ham yetadi. O‘zingga noloyiq bo‘lgan yerda hargiz qolma!» – deya nasihat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun