Sho‘rchida Navro‘z…

Date:

Milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan Navro‘zi olam yurtimizning har bir go‘shasida o‘ziga xos tarzda tantanali nishonlanmoqda. Ana shunday tantanavor ruhda tashkil etilgan bayram sayli Sho‘rchi tumanida ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.


Sharqona yangi yil boshlanadigan qutlug‘ kun — Navro‘zi olam asrlar davomida bahor, ezgulik, mehr-oqibat, mehnat va bunyodkorlik ramzi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutib kelmoqda. “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z” shiori bilan boshlangan sayil sho‘rchiliklar va mehmonlar qalbiga bahoriy kayfiyat ulashdi. Kun davomida barcha milliyligimizdan bahramand bo‘lishmoqda. Milliy taomlarimizdan tatib, xalq o‘yinlari, bellashuvlaridan zavq olishayotir. Ayniqsa, xalq laparlari, sho‘x alyorlar barchani raqsga chorlayotgani ayyomning yanada fayzli o‘tishiga xizmat qilayotir.


Milliy ruhda bezatilgan pavilyonlarni kezgan borki, kashta-yu so‘zanalar, milliyligimiz ufurib turgan buyumlar, hunarmandchilik namunalari tomoshasiga berilgan. Urchuq yigirib, gilam to‘qish jarayoni deysizmi, chanqovuzni berilib chalayotgan otinoyi-yu, do‘mbira chalib avjini keltirib kuylayotgan baxshilar yurtimizga bahor kelib, sharqona yangi yil kelganidan daraklayotgandek.

Qadriyatlarimiz qadr topgan kun shod-u xurramlikda davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun