“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!”

Date:

Navro‘z – tabiat va inson uyg‘unligi, yangilanish va ezgulik bayrami. Bu yilgi “Navro‘z” umumxalq bayrami “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida o‘tkazilayotir. Denov tumani, Zahiriddin Muhammad Bobur mahallasidagi “Yoshlar” sayilgohida boshlangan tadbir ham ayni shior ostida ko‘tarinki ruhda boshlandi.


Sayilga puxta hozirlik ko‘rilganini pavilyonlarni kezish davomida amin bo‘lish mumkin. Har bir pavilion o‘ziga xos tarzda, milliyligimizni tarannum etib turgani bilan ahamiyatli. Milliy taomlar ko‘rgazmasi deysizmi, milliy liboslar namoyish, bari kishi e’tiborini tortarli darajada. Kun davomida sayilga tashrif buyurgan borki, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz bilan yuzlashib, milliyligimizdan bahramand bo‘lishdi.


Sayil davomida kurash o‘yinlari tashkil qilindi. Dorbozlik tomoshalari esa barchaning e’tiborini tortdi. Qo‘g‘irchoq teatri ijrosidagi tomoshalar ham bolajonlar uchun unutilmas bo‘ldi. Xalq o‘yinlari va potaxti azimdan hamda mahalliy ijodkorlarimiz tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi esa barchaga ko‘tarinkilik va bayram kayfiyatini ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun