Savdo-iqtisodiy aloqalar yanada mustahkamlandi

Date:

“Termiz” xalqaro markazi bugun dunyo ishbilarmonlarini bir nuqtada jamlab, manfaatli savdo aloqalarini yoʻlga qoʻyishda muhim makon boʻlib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, markazO‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar izchil rivojlanib, savdo-iqtisodiy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Markazda qisqa muddat ichida koʻplab davlatlarning savdo povilyonlari ochilib, faoliyat koʻrsatmoqda. Ushbu xalqaro savdo markazida Qozog‘iston savdo pavilonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliyev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi mutasaddilari hamda Afg‘oniston vakili hamrohlik qildi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari “Termiz” xalqaro savdo markazining infratuzilmasi va faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Qozog‘iston savdo pavilonining ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu hudud orqali Qozog‘istonning yuqori sifatli mahsulotlari O‘zbekiston bozoriga yetkazilishi, tadbirkorlar va sarmoyadorlar o‘rtasida yangi hamkorlik loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Tadbir doirasida tomonlar o‘zaro investitsiyalarni ko‘paytirish, savdo to‘siqlarini bartaraf etish va logistika imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha fikr almashdi. Ushbu tashabbuslar ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun