Start-up loyihalar saralandi

Date:

Yoshlarning muhandislik yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion, texnologik va start-up loyihalarini saralab olish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tanlovda 30 nafarga yaqin ixtirochi inovator yoshlar ishtirok etdi. Quvonarli jihati shundaki, mazkur tanlovda viloyatning barcha hududlaridan yosh ixtirochilar o‘zlarining innovatsion loyihalari bilan ishtirok etib, ilmiy ishlanmalarini taqdim etishdi.
Oramizda salohiyatli, g‘oyalari kuchli yoshlar talaygina. Ular o‘z loyihalarini, kuch va imkoniyatlarini to‘g‘ri yo‘lga solishsa, muvaffaqiyatga erishishlari aniq. Tanlovda ishtirok etgan yoshlar ayni jihatdan o‘z iqtidorlarini namoyon etib, fikrlarimizni amalda isbotladilar.
Yakunda tumani keng istiqbolli rivojlantirish uchun eng yaxshi loyihalar hakamlar tomonidan saralab olindi hamda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tuman hokimining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu tanlov ishtirokchilar uchun bir sinov bo‘lgan bo‘lsa, havaskor yoshlarni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamiyatda o‘z o‘rnilarini topib, hayotda muhim qarorlarni qabul qilishlariga turtki bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun