Xavfsizlik choralari ko‘rilganmi?

Date:

Vohamizda bayram shukuhi hukmron. Barcha ana shunday ko‘tarinki kayfiyat ila tadbir-u sayillarga oshiqqan. Shod-u xurramlik ila Navro‘z — yangi kun, yangi yilni nishonlayotgan vohadoshlarimiz xavfsizligi, ayyomni munosib va risoladagidek kutib olishlari uchun xavfsizlik choralari ham ko‘rilganmi?
Albatta, tadbirlarni o‘tkazish uchun yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas’ul shaxslar tayinlanib, zaruriy choralar ko‘rilgan. Yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinganligi bo‘yicha tayyorligini aniqlash uchun tadbirdan oldin xonalar ko‘zdan kechirilib (evakuatsiya chiqish yo‘llari va yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari yetarli ekanligini, aloqa va yong‘in avtomatikasi vositalarining sozligini), sahna va tomosha zallarida mas’ul xodimlar navbatchiligi ta’minlangan.
Olovga bardoshliligi IV va V darajali bo‘lgan binolarda odamlar ommaviy bo‘ladigan (50 va undan ortiq odamlar yig‘iladigan) tadbirlar faqat 1-qavat xonalarida o‘tkazilishiga ruxsat etilgan. Shuningdek, odamlar ommaviy bo‘ladigan binolardagi xodimlar, elektr energiyasi o‘chib qolganda foydalanishlari uchun elektr fonarlar bilan ta’minlangan.

Xusan RUSTAMOV
Termiz shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari P va NB boshlig‘i kapitan

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...

Iqlim sinovlariga tayyor

Iqlim o‘zgarishi nafaqat tabiatga, balki insonlar turmushiga ham bevosita...

Suv qaytdi — qulaylik qaytdi

Qulay yashash muhiti, avvalo, ishonchli infratuzilmadan boshlanadi. Qumqo‘rg‘on tumanining...

Hamma narsa pul bilan hal bo‘ladi…mi?

Tasavvur qiling: yangi maktab qurilishi uchun ajratilgan mablag‘ning bir...
KunTun
KunTun