Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Unga muvofiq, tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida alohida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasida alohida ochilgan hisobraqamlarda jamlanadi va Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 25 million AQSH dollari miqdoridagi bir martalik beg‘araz to‘lovi, xalqaro, xorijiy va mahalliy tashkilotlarning grantlari va homiylik mablag‘lari, Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi.
Jamg‘arma mablag‘ muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish, tahliliy materiallarni tayyorlash va tadqiqotlarni o‘tkazish uchun grantlar ajratish, ekspertlik, tadqiqotga oid va boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi mahalliy va xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar xizmat haqi uchun to‘lovlarni amalga oshirish, tahlil va tadqiqot yo‘nalishida tuzilgan vaqtinchalik loyiha guruhlari faoliyatini moliyalashtirish, ilmiy-tadqiqot sohasidagi konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish hamda ularning ishida ishtirok etish xarajatlari uchun yo‘naltiriladi. Jamg‘arma mablag‘lari maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

VOHA BO‘YLAB

Boysun tumanidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining qo‘shimcha o‘quv...

Sun’iy intellekt ta’lim standartlariga moslashtirilsa…

XXI asrda ta’lim tizimi raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lanib...

CHAG‘ONRUDDAN SURXONDARYOGACHA…

Surxondaryo — O‘zbekiston janubidagi eng muhim daryolardan biri bo‘lib,...

Me’yorni qachon o‘rganamiz? yoxud to‘y va ma’rakalarda ortiqcha dabdabaning oldini olish –islomiy tarbiyaning muhim talabidir

O‘zbek azal-azaldan bolajon xalq. Qarindosh-urug‘i ko‘p. Bu yurtda bo‘ladigan...
KunTun
KunTun