Odamlar

Date:

Qish. Shahnoza egilibgina avtobusga chiqdi. Bo‘ylari uzun, ko‘hlikkina bu qizning ushbu holatidan avtobusdagilar iljayib qo‘ydi. Qiz yigitning yonidagi bo‘sh joyga o‘tirdi:
— Yaxshi qiz, mana bu “portochka”ni yopib yuboring, shundoq qo‘lingizni cho‘zsangiz yetarkan. Bu gapdan avtobus orqasida to‘planib turgan bir talay bolalar baqirib kulib yuborishdi. Qiz bor qahr-g‘azabini to‘plab yigitga sochdi:
— Uyatsiz, seni ham ona tuqqan-ku, bezbet!
Avtobus ortidan esa pichir-pichir ovozlar eshitildi:
—Haah uyatsiz, qiz bopladi. Bu yoshlar jaa betarbiya bo‘lib ketishyapti, beadab.
Qishning achchiq shamoli yana bir bekat avtobus oynasidan esib turdi. Qiz oldida jim ketayotgan “bezbet” dir-dir titrasa-da, turib derazachani yopishga unamadi.
— Ziyolilar bekati!! Tushadiganlar keling – avtobus chipta tarqatuvchisi chaqirig‘idan yigit yonida turgan qo‘ltiq tayog‘ini oldi-yu, avaylabgina avtobusdan tushib ketdi…
— Obbo qiz qurg‘ureyeye, o‘zi ko‘ngli yarim bechora yigit ekan. Dilini og‘ritibdi. Insof ham qolmagan odamlarda…, — avtobus ortidan yana o‘sha tanish ovozlar eshitildi.

A.Abdalimov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun