Shartlar sinovi

Date:

Har yili kitobxon yoshlarni kashf etuvchi “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazilib kelinadi. Kitobxon yoshlar tanlovning hududiy bosqichlarida bilimlarini sinovdan o‘tkazishib, eng bilimlilar finalga qadar kurashni davom ettiradi. Ayni kunlarda “Yosh kitobxon” tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar toifasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlardagi har bir shart qiziqarli o‘tdi. “Badiiy asarlar bilimdoni” shartida ishtirokchilarning asarlarni nechog‘lik o‘qib, qanchalik bilim va taassurotga ega bo‘lganligi ochiqlangan bo‘lsa, tezkor savol-savoblar shartida ham yoshlarning asar o‘qiganda nechog‘lik sinchkov ekanliklari, nimalarga e’tibor berganliklari yaqqol namoyon bo‘ldi.
Tanlovning 10-14 yosh toifasida Termiz shahrilik Botir, Zokirov, 20-30 yosh toifasida qumqo‘rg‘onlik Mahbuba Jo‘rayevalar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, finalga yo‘llanma oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun