Barcha ma’lumotlar elektron platformada

Date:

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Ushbu hujjat bilan 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidagi maxsus elektron platformada to‘plangan ma’lumotlar hamda mehnat bozoridagi talab tahlili asosida aniqlanadi.
Kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj 4 yillik davrga shakllantiriladi va har yili mehnat bozoridagi o‘zgaruvchan tendensiyalar, mintaqalar ijtimoiy muassasalari va iqtisodiyot tarmoqlarining kadrlar bilan ta’minlanganligini hisobga olgan holda platformaga tegishli tuzatishlar kiritiladi.
Tasdiqlangan Nizom asosida davlat buyurtmasini shakllantirishda ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash hamda buyurtmani yuqori organlarga taqdim etish tartibi, qolaversa, ish beruvchilarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash usullari, iqtisodiyot tarmoqlarining mutanosib rivojlanishi maqsadida davlat buyurtmasini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi
Platformada iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida rasmiy band bo‘lganlar soni, davlat va nodavlat oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtini tugatgandan keyin faoliyat turlari bo‘yicha rasmiy ishga joylashishi, mehnat resurslari balansi, mehnat bozoridagi bo‘sh ish o‘rinlari, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bandlik darajalari hamda respublika hududida faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat va xorijiy oliy o‘quv yurtlari hamda ularning filiallari bitiruvchilari soni kabi ma’lumotlar joylashtiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistratura 1 yillik boʻladimi?

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda magistratura ta’limi ikki yo‘nalishga...

TerDUda xorijiy professorlar faoliyat boshladi

Termiz davlat universitetiga Eron Islom Respublikasidan ikki nafar professor-o‘qituvchi...

“JIYDALI”DA EZGU TASHABBUS

Qumqo‘rg‘on tumanining “Jiydali” mahallasida zamonaviy yangi to‘yxona foydalanishga topshirildi. Ochilish...

“KARBON KREDIT” MEXANIZMI YO‘LGA QO‘YILADI

Iqlim o‘zgarishi sharoitida issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va “yashil”...
KunTun
KunTun