Ishtirok muvaffaqiyatga boshladi

Date:

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida sportning yengil atletika turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi. Sportchilar bor kuch va mahoratlarini ishga solib, g‘oliblik uchun kurashdilar.
To‘g‘ri, muhimi ishtirok. Ammo vohamiz sharafini himoya qilgan Termiz davlat universitetining bir guruh talabalari faqat ishtirok bilan kifoyalanmay, g‘oliblik shohsupasidan ham joy olishga muvaffaq bo‘ldilar.
Mohinabonu Ro‘ziyeva 400 metr masofada 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Islombek Oltiboyev esa 4x400m va 4x200m estafetalarida 2 ta 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ana shunday g‘oliblar orasida Soib Xolliyev hamda Asliddin Xo‘shboqov ham bo‘sh kelishmadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mashg‘ulot qiziqarli o‘tdi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari “Hayvonlar fiziologiyasi”...

Loyiha ilmiy asoslangan

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va...

Odamsimon robotlar o‘zimizda ishlab chiqariladimi?

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Janubiy Koreya biznes davra suhbati...

Oldi-sotdi ishlari raqamlashtiriladi

Prezidentning “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga...
KunTun
KunTun