Dala madaniyatiga rioya qilinadimi?

Date:

Qahraton qish kunlarida ham qishloq xo‘jaligi sohasiga e’tibor susaygani yo‘q. ayni ekin-tikinga tayyorgarlik ko‘rish ishlari boshlab yuborilgani esa fikrimiz tasdig‘idir. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq, Bandixon va Sherobod tumanlarida bo‘lib, 2025-yil hosili uchun g‘alla parvarishi, shudgorlarni lazerli tekislash, pushta olish, chigit ekishga tayyorlash, dala chetlari, kollektor-drenajlar atroflariga mevali ko‘chatlar ekilishi hamda dala madaniyatiga rioya qilinishi bilan tanishdi.
Xususan, Qiziriq tumanida “GTG” klasterining “Hakim Eshonov” hududidagi oilaviy pudratining 15 gektarlik, Bandixon tumani “Yo‘lchi yulduz” hududidagi “Surxon Golden Frutus” fermer xo‘jaligining 30 gektarlik, “Zafarobod” hududidagi “Bandixon bog‘i shamoli-2020” fermer xo‘jaligining 20 gektarlik, “Oybek Bandixon” hududidagi “Bektepa MERSAJ” fermer xo‘jaligining 7 gektarlik dalalaridagi ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, Sherobod tumanida shudgorlangan maydonlarni zamonaviy usulda tekislash, pushtalash hamda chigit ekishga tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan seminarda mutasaddilarga ishlarni sifatli tashkil etish, mavsumga puxta hozirlik ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Doʻstlik va hamjihatlik qadri ulugʻlandi

Millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik jamiyat barqarorligi hamda...

O‘zbekiston haqidagi xolis nigoh

O‘zbekistonning boy tarixi, ma’naviy merosi va bugungi taraqqiyotini xalqaro...

Janubda “Shukronalik darslari” o’tkazildi

Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Hayrabod...

Deputat tashabbusi

Oltinsoy tumanining “Yangiqurilish” mahallasi aholisi tomonidan toza ichimlik suvi...
KunTun
KunTun