Bayrog‘imiz jahon sahnasida

Date:

Chempionat va kurashlarda polvonlar yurtidan nomzodlar ishtirok etsa, sportchilarning yuragi tahlika ostida qolishi aniq. Dostonlarda keltirilganidek, yurganida har qadamidan o‘t chaqnab, ot bostirganida ovozi yetti daraga eshitiladigan, raqibini ko‘tarib, yerga bir uradigan alplarning qonida polvonlik, yuragida esa o‘ti bor. Polvon xoh yigit, xoh qiz bola bo‘lsin, ana shunday qiziqqonlik, otash-olov shashtini yo‘qotmagani bilan raqiblari yuragiga ana shunday vahima uyg‘otadi.
Kurash bo‘yicha Mo‘g‘ilistonda o‘tkazilgan jahon chempionatida ham o‘zbek sportchilari asl polvon qanday bo‘lishini isbotlab qo‘yishdi. Sariosiyo tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Setora Mengqobilova barcha raqiblarini halol yengib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bu yutuq nafaqat S.Mengqobilova uchun, balki yurtimiz uchun ham katta g‘urur va sharafdir. Uning jahon miqyosidagi bu g‘alabasi O‘zbekiston yoshlarining sportga bo‘lgan iqtidori va yuksak mahoratlarini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun