Xitoyda tajriba o‘rganishmoqda

Date:

Hokim yordamchilari xizmati va tashabbusi bilan mahallalarda tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilib, u yoku bu yumush bilan mashg‘ul fuqarolar soni ortib bormoqda. Albatta, tashabbus samara bermoqda. Ammo hokim yordamchilariga berilgan vakolatlar doirasida bundan-da ko‘proq ishlarni qilish mumkin. Ayni maqsadda Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish bandlik vazirligi tizimi xodimlari hamda mahallalardagi hokim yordamchilari Xitoy Xalq Respublikasining Chunsin shahrida 7 kunlik seminarda ishtirok etmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish va rivojlanish mavzusida o‘tkazilayotgan mazkur seminarda Termiz tumani “Gulbahor” mahallasidagi hokim yordamchisi Baxtiyor Qurbonniyozov ham bilim va malakasini oshirayotir. Delegatsiyamiz a’zolari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirishdagi boy tajribasi va aholi turmush farovonligini oshirish dasturlarini o‘rganishmoqda. Bu borada Xitoyning yetakchi oliygohlari va markazlari mutaxassislari seminarlarda spikerlik qilishayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun