Cho‘lponning yangi topilgan asari nashr etildi

Date:

Ma’rifatparvar bobolarimizning ijodiy merosi, ayniqsa, hali adabiy jamoatchilikka noma’lum bo‘lgan asarlari doim olimlarni o‘ylantirib kelgan. Ana shunday taraqqiyparvarlarimizdan biri Cho‘lpon beqiyos shoir bo‘lishi bilan birga mohir dramaturg ham edi. Ammo uning asarlarining muayyan qismi yo‘qolgan yoki yashirilgan, degan fikrlarni tarixchilar, adabiyotshunoslar doim ilgari suradi.
“Zamona xotini“ ham Cho‘lponning bugunga qadar qo‘lyozma nusxasi topilmagan nodir pyesalaridan biri edi. Kutilmaganda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondidan asarning arabiy imlodagi qo‘lyozma varianti topildi. Eng muhim jihati, qo‘lyozma ustidan Cho‘lpon xati bilan tuzatishlar, izohlar kiritilgan, so‘zboshi ham yozilgan. Asarda zamon shamollari ta’siri sezilsa-da, u halollik, mehnat, inson sha’nini avaylash kabi azaliy qadriyatlar ustiga qurilgan.
Shuningdek, bolasini bag‘riga bosgancha, yangi ijtimoiy munosabatlar ichiga qisinib-qimtinib kirib borayotgan o‘zbek ayoli haqida so‘zlab, to‘g‘rirog‘i, ko‘rsatib beradi. Mazkur kitobni nashrga tayyorlovchi — Shahnozaxon Nazarova. Kitobga adabiyotshunos olim Jabbor Eshonqulov mas’ul muharrirlik qilgan. Muharrir — Ulug‘bek Xalilov. Noshir – Ahmad To‘ra. Dizayner – Muhammadxon Yusupov. Ushbu kitob 1000 nusxa adad bilan “Ijod Nashr“ nashriyotida chop etilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...

114 ta murojaat joyida hal

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov videokonferensaloqa shaklida navbatdagi ommaviy...

Polvonlarimiz boʻsh kelmadi

Surxondaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari va xizmatchilari...

Angorda yangi savdo do‘konlari ish boshladi

Angor tumanining Yuqori Xo‘jaqiya mahallasida joylashgan «Angor karvonsaroy» savdo...
KunTun
KunTun