Nemis tilini oʻrganishni ommalashtiriladi

Date:

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Gyote institutining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda Termiz shahridagi 26-maktabda nemis tilini oʻrganishni ommalashtirishga bag‘ishlangan “Aktionstag Termiz “ nomli tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun nemis tilini turli o‘yinlar orqali o‘rganish, Gyote institutining “Bolalar universiteti” platformasi bilan STEAM fanlarni o‘rganish bo‘yicha treninglar, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari uchun kichik til kurslari tashkil etildi. Shuningdek, o‘quvchilar VR dunyo va kasb simulyatorlari, Germaniya oliygohlarida ta’lim olish haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildi.
Qolaversa, nemis tili o‘qituvchilariga onlayn malaka oshirish imkoniyatlari tushuntirildi. Tadbir davomida o‘qituvchilar uchun pedogogik mahoratni oshirish hamda xalqaro til imtihonlari tizimi formatlari boʻyicha amaliy oʻquvlar ham olib borildi. Ushbu tadbir doirasida turli yoshdagi 120 nafar o‘quvchi, 41 nafar nemis tili o‘qituvchilari hamda 40 ga yaqin ota-onalar qamrab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun