Biologik faol qo‘shimcha sog‘likka zararmi?

Date:

Raqobat qo‘mitasi ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar bo‘yicha noqonuniy reklama berayotganlarni ogohlantirdi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tashkil etilgan guruh va kanallar orqali ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar, malhamlar, surtmalar, balzamlar, damlamalar, suvlarning tibbiyotda davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarni davolash va oldini olishda (profilaktikada) eng maqbul va samarali vosita ko‘rinishida targ‘ibot qilish kuchaymoqda.
Bunda ushbu mahsulotlarning reklamasi «ming bir xastalikka davo» sifatida, «mo‘jizakor» ta’siri haqida iste’molchilarni chalg‘itadigan yolg‘on yoki noaniq, bo‘rttiruvchi iboralar asosida joylashtirilishi, taniqli shaxslar va jamoat arboblari tomonidan mazkur mahsulotlarni tavsiya qilinishi, davolashda foydalanganliklari, ta’sir doirasi va terapevtik samaradorligi haqida fikrlar bildirilishi iste’molchilarning rejali (an’anaviy) davolashdan voz kechib, o‘z-o‘zini davolash usullarini keng qo‘llanilishiga, hattoki fojiali holatlarga sabab bo‘lmoqda.
Ayniqsa, reklama lavhalarida fuqarolarning diniy tuyg‘ularidan foydalangan holda dalil sifatida diniy blogerlarning suratlari, ular ishtirokidagi video va audio lavhalardan foydalanilib (muayyan bir savdo belgisi aniq gapirmagan bo‘lsada), davolash uchun tavsiyalar va ko‘rsatmalar berish orqali iste’molchilarda mahsulotlarga nisbatan bo‘lgan ishonchni sun’iy ravishda oshirilishiga va pirovardida noto‘g‘ri xulosa chiqarilishiga olib kelmoqda.
Achinarlisi, bunday mahsulotlarni diniy blogerlar tomonidan bevosita reklama qilinishi iste’molchilarni chalg‘itib, ularda ushbu mahsulotlarni dori vositasi va davolash xususiyatiga ega ekanligi haqida yanglish fikrlar shakllanishiga hamda ularni iste’mol qilinishiga undamoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun