Mehnatdan kelsa boylik…

Date:

Sho‘rchi tumanida tomorqasida astoydil ishlab, daromad olayotganlar ko‘p. Shu yerlik Zifnu Sultonova ham tomorqasining 10 sotix yer maydoniga issiqxona tashkil qilib, bir mavsumda 1,5 tonna hosil olib, 15 million so‘m daromadga ega bo‘ldi.
— Hokim yordamchisining tavsiyasi bilan imtiyozli kredit olib, tashkil qilingan issiqxonamizga limon ko‘chatlarini ekkandik, — deydi Zifnu Sultonova. – Hosilga kirgan limon mevalarini sotib yaxshigina daromad qildik. Issiqxonamizda hozir ham limon mevalari bor.
Shu yerlik Guldasta Rahimova ham imtiyozli kredi hisobidan tashkil qilingan issiqxonasida limon ko‘chatlarini mehr bilan parvarish qilmoqda. Mahalladagi xotin-qizlar tomorqadan samarali foydalanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun