TISUda noan’anaviy tadbir

Date:

22-noyabr – Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan naan’anaviy tadbir tashkil etildi. Ertalabdan oliygoh binosining faye qismi bayramona bezatilib, talabalar va oʻqituvchilar uchun psixologik trening mashgʻulotlari tashkil etilgani barchaga oʻzgacha kayfiyat ulashdi.
Art terapiyadan tortib, qum terapiyasi, mandala terapiya, ezgu tilaklar daraxti va qiziqarli psixologik savollargacha boʻlgan mashgʻulotlarda barcha faol ishtirok etdi.
— Psixologiya — insonni oʻrganuvchi fan. Shuning uchun ham barcha sohada psixologiyaning oʻrni boʻlakcha. Bugungi trening mashgʻulotlarimiz ishtirokchilar ruhiyatidagi salbiy holatlarni, stressni bartaraf qilishga va ozgina boʻlsa-da yaxshi kayfiyat ulashishga qaratildi, — deydi Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi, dotsent Maqsuda Norbosheva.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Gulchilik sirlari o‘rgatilmoqda

Uzun tumanining "Yangi ro‘zg‘or" mahallasida tashkil etilgan “Gulchilik tomorqa...

Xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Termiz davlat universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Xitoyning Szyansu universitetida...

Jarang sochdi “So‘ngi qo‘ng‘iroq”

Surxondaryo viloyatidagi maktablarda bugun erta tongdanoq o‘zgacha hayajon sezildi....

Samarqandga yo‘l: yangi tarixiy asar

Ispan yozuvchisi va tarixchisi Antonio Torremocha Silvaning “Samarqandga elchilik”...
KunTun
KunTun