Yaxshilik ortidagi yaxshilik

Date:

…Kuz. Mayda qadamlar bilan qo‘shnini uyidan sut olib kelayotgan Ro‘zigul xola kutilmagan mehmonlarning tashrifidan, asosiysi tomorqasiga ekin ekib berishganidan, uyining devorini oqlab, darvozasini ranglab berganidan juda quvondi.
— To‘g‘risi xonadonimga kelib, uy-joyimni saranjomlab berishganidan, mana bunday oqlab, tartibga keltirishda amaliy yordam bergan Bo‘ron Mengboyev rahbarlik qilayotgan Obodonlashtirish bo‘limi xodimlaridan mamnunman, — deydi Sho‘rchi tumanining “Navro‘z” mahallasida yashovchi Ro‘zigul Allaberdiyeva. — Ular menga begona bo‘lishsa-da, yaxshilik qilishdi. O‘ylab yurgan muammolarimni hal qilishdi. Bu yaxshiliklarini hech qachon unutmayman.
Yaxshilik ortidan albatta, yaxshilik keladi. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari Bo‘ron Mengboyev boshchiligida “Navro‘z” mahallasida yashovchi Zovra Musayevaning xonadonini ham tartibga solishda amaliy yordam berishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun