Prokuror muammolarga quloq tutdi

Date:

Bir insonning ko‘nglini shod etish ham savob, ham xayr. Tan olish kerak, o‘zimizdan ortib, nochorgina yashayotgan qarindoshimizga yordam qo‘lini cho‘za olmaymiz. Zo‘rg‘a kun ko‘rayotgan qo‘shnimizdan bir bora hol so‘ramaymiz. Insoniyligu musulmonlikning sharti bo‘lgan hayr-sahovat amallariga kelganda imkoniyatimizni pasha qilib, o‘zimizga taskin bergan bo‘lamiz. Oramizda shunday insonlar borki, ezgu amallari bilan chin inson qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ygandek bo‘ladi. Namuna bo‘lib, ibratga chorlaydi.
Ro‘zai ramazon oyida Qiziriq tuman prokurori J.Rahimov sektorda istiqomat qilib kelayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi. Muammolariga quloq tutib, moddiy ko‘mak berdi.
Kutilmagan tashrif va sahovatdan shodlanganlar ko‘zidagi xursandchilikni ko‘rib, kuzatganning-da ko‘ngli quvonchga to‘ladi. Ana shu yordam bilan bir nechta oilaning mushkuli oson, kam-ko‘sti but bo‘ladigan bo‘ldi. Ramazon oyida qilingan bunday hayr-u sahovat yil bo‘yi davom etsa, ajab emas.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun