Prezident granti stipendiyasini olgan talaba magistraturaga imtihonsiz qabul qilinadi

Date:

2021 yil 6 iyulda PQ-5172-sonli prezident qarori qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilindi. Xo‘sh, mazkur grantga kimlar da’vogar bo‘ladi?

Albatta, eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar abituriyent. Ular orasidan kontraktga tushib qolganlari bo‘lsayam, barchasi davlat granti (byudjet) asosida o‘qishga qabul qilinadilar. Faqat bitta istisno bor. Bunda qo‘shimcha ball shaklida imtiyoz beriladigan toifadagi abituriyentlarga qo‘shib beriladigan ballar hisobga olinmaydi. Masalan, muddatli harbiy xizmatdan tavsiyanoma olganlarga qo‘shib beriladigan ball bo‘lsa, hisobga olinmaydi. Yoki boshqa shakldagi shunday imtiyozlar ham.

Prezident grantiga da’vogar bo‘lganlarning ro‘yxati har yili kirish imtihonlari yakunlangandan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Bundan keyin ham talabaning o‘qishi, baholari doimiy ravishda kuzatib boriladi. Ulardan birinchi kursda barcha fanlarni «a’lo» baholarga o‘qishi, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida yutuqlarga erishishi talab etiladi. Shunday bo‘lgan taqdirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, kengash hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida g‘oliblar aniqlanib, keyin ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tayinlanadi va to‘lanadi. Bu stipendiya esa ikkinchi kursning o‘quv yili boshidan oyma-oy to‘lanadi. Lekin umumiy shartlarda belgilanadigan stipendiya tayinlanmaydi.

O‘quv semestri yakuniga ko‘ra kamida bitta fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» baho bo‘lmaganda, Prezident granti stipendiyasi berilmaydi va unga faqat kelgusi o‘quv semestri mobaynida umumiy tartibda belgilanadigan stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi. Keyingi “semestrda” yana barcha fanlarni “a’lo”ga o‘zlashtirsa, Prezident granti uchun belgilangan stipendiya qayta tayinlanadi.

Mazkur grantning eng foydali jihati agar talaba uni uzluksiz olgan taqdirda magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

Bu talabalarga berilgan ajoyib imkoniyat, faqat talab etiladigan narsa yaxshi o‘qish va izlanish. Taralla-bedod qilib yuradiganlar bunaqa imtiyozni qo‘ldan boy berishi aniq.

Feruza Rahmonqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

678 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Denov tumani "Yoshlik" mahallasi Alamjahon qishlog‘i aholisi uchun diametri...

Mashg‘ulotlar boshlandi

O‘zbekistonda qirg‘iz-o‘zbek kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar 14-oktyabrga...

Kaskad usulida…

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan AQShning Mehribonlik korpusi...

“Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi

Ezgu amallarni o‘zida mujassam etgan “Yashil makon” umummilliy harakati...
KunTun
KunTun