Tabiiy resurslarni tejash, nafaqat uni uzoqroq muddat ishlatishga zamin hozirlaydi, balki naqdimizni ham kamroq chiqim bo‘lishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, elektr energiyasida har bir xonadon uchun limit belgilangani barchani sergaklantirib qo‘ygani ham rost. Ortiqcha sarflangan elektr energiyasi uchun oshirilgan to‘lovda hisob-kitob qilishni kim ham istardi? Quyosh panellari esa ana shunday chiqimlarga chek qo‘yib, aholiga birmuncha yengillik yaratgani ham rost.
Shu sabab, xonadonlarda, tashkilot va idoralarda quyosh panellari o‘rnatilib, elektr energiyasidan foydalanish, ortiqchasini esa sotib, daromad ko‘ruvchilar ham talaygina. Bu borada Prezidentimizning 14.06.2024-yildagi “Energiya resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 222-son Qarori asosida berilgan imtiyozlar katta qulaylik tug‘dirmoqda. Ayni qaror asosida Termiz davlat universitetida ham qo‘shimcha 1000 kVt stansiya qurilishi amalga oshirilmoqda. Universitet rektori Termiz shahri “Tinchlik” mahallasi hududidagi universitetga qarashli manzilda bo‘lib, quyosh panellarini o‘rnatish jarayonlari bilan tanishdi.
Jarayonda mas’ullarga hududni obodonlashtirish, har bir qarich yerdan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
ТеrDUda yashil energiya ishlab chiqarish quvvatlari oshirilmoqda
Date: