760 gektar yer maydoni o‘zlashtirilib…

Date:

Surxondaryo viloyatida agrar sohaga katta e’tibor qaratiladi. Albatta, voha fermer va dehqonlarining katta tajribasi soha rivojiga xizmat qilmoqda. Ayni sababdan dasturxonimiz qishin-yozin meva va sabzavot mahsulotlari bilan to‘kin-sochin. Nafaqat mahalliy, balki dunyo bozoriga-da olib chiqilayotgani meha mehnatkashlarining mehnatiga berilgan yuksak bahodir. Bunda tajriba o‘z ishini ko‘rsatibgina qolmay, vohaning qulay iqlim sharoiti, tuprog‘ining unumdorligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda, mo‘l hosil olishga sharoit yaratmoqda.
Shunday ekan, vohamizdagi shart-sharoitlardan unumli foydalanib, ekin-tikin qilish, daromad ko‘rish zamon talabidir. Shu ma’noda viloyatda katta-katta yer maydonlarini o‘zlashtirish maqsad qilingan. Sherobod tumanidagi “Ko‘hitang” hududida “Surxon gold OURS” MCHJ tomonidan 760 gektar yer maydoni o‘zlashtirilib, foydalanishga kiritilayotir. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Yangidan o‘zlashtirilayotgan mazkur yer maydonida tomchilatib va pivot tizimida sug‘orish orqali 500 gektarida g‘alla, 100 gektarida sabzavot va poliz ekinlari yetishtirish hamda 100 gektar maydonda bog‘ tashkil etish rejalashtirilgan. Buning uchun hududda 6 ming kub metr hajmli suv havzasi barpo etiladi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari “Boyqishloq” mahallasida infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi. Hudud bo‘ylab o‘rganish davomida ariq va zovurlar tozalanmaganligi, ko‘chalar tartibga keltirilmaganligi tanqid qilindi. Mahalla “yettiligi” va tuman mutasaddilariga bir hafta muddatda obodonlashtirish ishlarini yakunlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun