Shaharning bosh rejasi ishlab chiqildi

Date:

Viloyatimiz markazi bo‘lmish Termiz shahri kundan kunga chiroy ochib, yangicha qiyofa kasb etayotgani har bir termizlik qalbini xushnud etayotgani rost. Shahar ko‘rinishini yanada sayqallash, eski binolar va foydalanilmay yotgan yerlardan unumli foydalangan holda binolar, xizmat ko‘rsatish nuqtalari, uy-joylar qurish maqsadida soha vakillari bosh qotirishmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Termiz shahrining ishlab chiqilayotgan bosh rejasi va unga asosan hududlarda ko‘p qavatli turar joylar loyiha takliflari taqdimoti bilan tanishdi.
Loyihalar qurilish sohasi mutasaddilari hamda quruvchi kompaniyalar vakillari tomonidan tanishtirilib, har bir loyihaning qiymati, situatsion rejasi hamda tanlangan hudud haqida axborot berildi. Viloyat rahbari bosh rejani ishlab chiqish ishlarini jadallashtirish, taklif etilayotgan loyihalaning texnik-iqtisodiy va hududiy yechimlari asoslarini ishlab chiqish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, universitet majlislar zalida bugun hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar, qurilish sohasidagi topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.
Albatta ish bor joyda kamchilik bo‘lishi tabiiy hol. Ammo mas’ullarning mas’uliyatni sezishlari har qanday kamchilikning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi yoki o‘z vaqtida bartaraf etilishiga xizmat qiladi. Afsuski, shaharning Farovon massivida joylashgan ko‘p qavatli turar joylarda muammolar mavjud, aholi xonadonlari hali-hamon foydalanishga topshirilmay, norozichiliklarga sabab bo‘lmoqda. Muhokamalardan so‘ng, viloyat hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari aholi murojaatlariga asosan Farovon massivida joylashgan ko‘p qavatli turar joylardagi mavjud muammolarni o‘rgandi. Fuqarolar tomonidan xonadonlari topshirilmayotganligi, olingan ayrim ko‘p qavatli turar joylarning yerto‘lasida suv yig‘ilib qolganligi yuzasidan murojaat qilingan.
Viloyat rahbari aholi bilan muloqot qilib, turar joylar qurilishini amalga oshirgan qurilish kompaniyalari mutasaddilaridan har bir masalaga izoh so‘radi. Aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, topshirilmagan turar joylarning qurilishini yakunlab o‘z egalariga topshirish, hududdagi BSK faoliyatini jonlantirish yuzasidan topshiriqlarni berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun