Mehmonxona qurib, subsidiya oling

Date:

Turizm sohasiga e’tiborning kuchaygani mehmonxona biznesining rivojiga ham o‘ziga xos hissa bo‘lib qo‘shilayotir. Yurtimizda, ayniqsa, vohamizning shahar va chekka hududlarida ham mehmonxonalar qad rostlab, mehmonlar uchun xizmatga shay. Mehmonxona biznesini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (https://lex.uz/docs/6890493) bilan 2024-yil 1-maydan 2026-yil 31-dekabrga qadar Surxondaryo viloyatida investorlar tomonidan yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan bir martalik subsidiya ajratiladi.
Subsidiya belgilangan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan mehmonxona uchun uning toifasi va xonalar sonidan qat’i nazar ajratiladi. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmagan, shuningdek, bankrotlik va tugatish jarayonida bo‘lmagan investorlargagina subsidiya ajratiladi.
Toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun — 15 million so‘m;
1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 20 million so‘m;
2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 25 million so‘m;
3 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qarorida (https://lex.uz/docs/6549286) belgilangan miqdorlarda subsidiya ajratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun