Hokim Albert Suyargulovni qabul qildi

Date:

Ma’lumki, O‘zbekiston va Rossiya davlatlari o‘rtasida barcha jabhalarda hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Surxondaryo viloyati bilan ham qishloq xo‘jaligi, savdo-iqtisodiy sohalarda o‘ziga xos hamkorlik qilinayotir. Ayni ishlarni davom ettirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov vohamizga amaliy tashrif bilan kelgan Tatariston Respublikasi prokurori Albert Suyargulovni qabul qildi.
Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari yuqori darajada rivojlanib borayotganligi, hududlararo hamkorlik aloqalari, jumladan, Surxondaryo viloyati va Tatariston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va qishloq xo‘jaligi sohalari hamda boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi qayd etildi.
Bu borada Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov bilan o‘zaro tashriflar davomida qator kelishuvlarga erishilib, ular bugungi kunda hayotga tadbiq etilayotganligi bildirildi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlik aloqalarini keng qamrovli rivojlantirish, yangi imkoniyatlarni ishga solgan holda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Oldingi sahifaVatan ostonasi maktabdan boshlanadi
Keyingi sahifaYuk

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“X1” sinovdan o‘tdi

Elektr aviatsiyasi rivojida navbatdagi muhim qadam tashlandi. AQSHning Heart...

Qumqo‘rg‘onda ekoturizm rivojlantiriladi

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarning turizm salohiyatidan samarali...

“Tasmasoy” finalga yo‘l oldi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sport va...

Bog‘cha yangi qiyofada

Yosh avlod uchun munosib ta’lim-tarbiya va qulay sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun