Vatan ostonasi maktabdan boshlanadi

Date:

Ulug‘ jadidchi ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy: “Maktab bu jamiyatning kelajagini tarbiyalaydigan maskandir”, deb aytganlar. Darhaqiqat, maktablarni rivojlantirish millatning yuksalishiga asos bo‘ladi. Bugungi kunda prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatlari natijasida ta’lim sohasida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Respublikamizning barcha joylarida maktablar faoliyati o‘rganilib, ulardagi kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Maktablarni zamonaviylashtirish, yoshlarga qulay sharoitlar yaratish, eski maktablar o‘rniga yangilarini barpo etish zamonning talabidir.
Islohotlar samarasi o‘laroq, Jarqo‘rg‘on tumanida ham maktablar faoliyatiga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, tumanning 7-sonli umumta’lim maktabida 1956-yilda qurilgan emasmi, anchayin eskirib, talabga javob bermay qolgani sababli, 180 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy, barcha sharoitlarga ega yangi bino qad rostladi. Unda maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim-tarbiya oladi. Binoning ochilish marosimi katta tantanaga aylanib ketdi.
Ta’lim sohasidagi bunday o‘zgarishlar biz o‘qituvchilarni yanada mas’ullikka chorlaydi, yangi g‘oyalar parvoziga uchqur qanot bag‘ishlaydi. Zero, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi.

Vasila ERMATOVA,
o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun