100 dan ortiq ijtimoiy va infratuzilma obyektlari foydalanishga topshirildi

Date:

Bugungi Surxondaryo kechagisidan tubdan farq qiladi. Zamonaviy va takrorlanmas dizayndagi osmono‘par binolar, yashillikka, gul-u chechaklarga burkangan ko‘chalar obod va fayzli ko‘rinish kasb etgani kishi ko‘zini quvnatadi. Yashayotgan vataniga nisbatan faxr va iftixor tuyg’usini uyg’otadi. Ayniqsa, viloyatimizning har bir tumanida qad rostlayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari aholi uchun katta qulaylik tug’dirmoqda. Maktab-u bog’cha, bozor-u do‘konlar va boshqa xizmat ko‘rsatish nuqtalari yashaydigan uyingiz joylashgan massivda bo‘lsa, qanday yaxshi. Holbuki, eng baland binoda, so‘nggi dizayndagi xonadonda yashashingiz kishida yashashdan rohat sezishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday, Termiz tumanida ham “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilayotgani, Termiz shahrida esa allaqachon qurilishi tugallangani, ayni paytda yo‘l qurilishi va obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani massivdan xonadon xarid qilganlarning o‘z uylarida yashash ishtiyoqini oshirayotgani aniq.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu massivlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgani esa mas’ullardan o‘z ishlariga mas’uliyat va tezkorlik bilan yondashishlariga sabab bo‘lsa, qisqa fursatlarda aholining orzu va istaklari amalga oshiradi.
Viloyatimizda bugunning o‘zida 74 ta maktab, 8 ta bog‘cha, 7 ta tibbiyot muassasasi, 20 kilometr uzunlikdagi 9 ta yo‘l obyekti, 1 ta ko‘prik va 3 ta irrigatsiya obyektlari foydalanishga topshirildi. Bu hududlarda barcha sohalarda shart-sharoitlar yaxshilanib, xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanganining isbotidir. Ana shunday obyektlardan biri Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi Surxondaryo viloyati filialidir. Ushbu filialning ham yangidan qurilgan binosi foydalanishga topshirildi. Tantanali marosimda viloyat rahbari ishtirok etib, soha xodimlarini samimiy qutlab, ishlariga yanada mas’uliyat yondashishlarini so‘radi.
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham muhim qadamlar tashlanmoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali viloyatimizga malakali tibbiyot mutaxassislarini yetishtirib chiqarayotir. Filial faoliyatini sobiq Termiz tibbiyot kollejining eski binosida boshlagan edi. Afsuski, ushbu binoda yetarli shart-sharoit yo‘qligi ta’lim sifatiga ta’sir etayotgandi. Ayni muammoni hal etish maqsadida filialning jonkuyar professor-o‘qituvchilari, talabalari uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlarga ega yangi o‘quv binosi qurilayotganidan xabaringiz bor. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining 1 500 o‘rinli o‘quv binosi ham viloyat hokimining e’tiboridan chetda qolmadi va u yerdagi qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi, oliygohning majlislar zalida qurilish sohasida davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi.
Aytish kerakki, barcha zimmasidagi mas’uliyatli ishni o‘z vaqtida sidqidildan bajarib, udda qilar ekan, hech bir sohada oqsoqlanish bo‘lmaydi. Aholi uchun munosib sharoitlar yaratilib, kayfiyati ko‘tariladi. Axir, yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, tub islohotlar negizida ham xalq manfaati yotadi. Viloyat hokimi ayni jihatlarga to‘xtalib, mas’ullardan davlat dasturlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashi lozimligini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun