“Bilagimda kuchim bor ekan”

Date:

Insonning yoshi emas, qilgan ishlar, ezgu amallari ulug‘laydi. Hurmat va e’tiborga, e’tirofga sazovor etadi. Umrini mehnat-u mashaqqatda o‘tkazgan, peshona teri ila non topib, halol yashagan insonlar jamiyatda ibrat va namuna bo‘la oladi.

Angorlik Nurmamat bobo Usmonov 76 yoshni qarshi olgan esa-da, uyda o‘tirishni o‘ziga ep bilmaydi. Otaxon koʻp yillar davomida qishloq xoʻjaligi sohasida ishlagan, yerga mehr qo‘yib, u bilan tillashgan odam emasmi, bilagimda kuchim bor ekan, mehnat yo‘ldoshimdir deya tinim bilmaydi.

15 sotixli tomorqasining har bir qarich yeridan unumli foydalanib, daromad topib kelayotir. Hovlidagi mo‘jazgina bogʻ ko‘rganning bahri-dilini ochadi. Olma, oʻrik, shaftoli, anor kabi mevali daraxtlar g‘uj-g‘uj hosil berib, otaxon barakasini oshirsa, oshiryaptiki, elda kam qilgan emas. Nurmamat bobo payvandchilikda ham yaxshigina tajribaga ega, shuning uchun mevalarining xaridorlari ko‘p.

Erta bahorda yaxshi niyat ila qadagan nihollari esa bo‘y cho‘zib, pomidor, bulgʻor qalampiri, kartoshkalari pishib yetilgan. Mehnatkash bobo farzand va nabiralariga eng yaxshi namuna, ular bobosining qavatidan o‘tib, yerni yumshatishga, begona o‘tlardan holi qilishga yordam berishadi. Otaxon mehnati ortidan daromad topayotganidan shukrda.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun