Ustoz kelajakni yaratadi

Date:

Har bir inson hayoti davomida turli xil murakkabliklar-u qiyinchiliklarga uchrashi tabiiy hol. Insonning murakkab so‘qmoqlaridan yura bilishi, chuqur bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishida ustoz va murabbiylarning xizmati beqiyosdir. Shunday kelajak bunyodkorlarining insoniy fazilati, ulkan sabr hamda vatan taraqqiyoti uchun fidoyiliklari yuksak e’tiborga arzigulikdir.
Bir rus yozuvchisi aytganidek, “Ustoz — nafaqat bilim beruvchi, balki kelajakni yaratishga yordam beruvchi insondir”.
Shuningdek, yurtboshimizning asarlarida barkamol avlod tarbiyasi hamda yurt kelajagi uchun juda muhim soha hisoblangan maorif tizimini takomillashtirishni ustuvor vazifalardan biri sifatida o‘qituvchilarimiz tajribasini oshirish hamda yetuk pedagoglar faoliyati masalasiga qaratgan e’tibori zamirida ustoz va murabbiylarmizga yordam berish masalasiga e’tabor qaratilgandir. Yosh avlodning tarbiyasi va kelajak hayoti, ularning yetuk kadr bo‘lib yetishishlarida ustozlarning o‘rni kattadir. Shu maqsadda barcha maktab va oliy ta’lim muassasalarida yoshlarning ta’lim olishlari uchun barcha shar-sharoitlar yaratilmoqda.
Muhtaram prezidentimiz “Ta’lim sohasida farzandlarimiz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashi uchun eng qulay sharoitlar yaratishni izchil davom ettiramiz”, deydilarki, bu ishlarning barchasini amalda ko‘rishimiz mumkin. Yurtimizda oliy taʼlim tizimini tubdan yangilash boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi. Qonun takomillashtirildi, tegishli farmon va qarorlar asosida modernizatsiya qilindi. Taʼlim jarayonini olib borishda munosib oʻquv dasturi, darsliklar bilan birga, zamonaviy texnik vositalardan foydalanish bilim olish samaradorligiga ijobiy taʼsir oʻtkazdi, o‘tkazayotir.
Yoshlarning bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan ekan, yoshlarning yuksak salohiyatli kadr bo‘lib yetishishlarida va yetuk davlatlar reytingida yuqori o‘rinlaridan joy olishlarida ustozlar bilan birga ishlab, ilm olishlari, tajriba oshirishlari munosib qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda.

Hurriyat NURIDDINOVA,
Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Musiqa terapiya assotsiatsiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda musiqa terapiya sohasini rivojlantirish va uning zamonaviy tibbiyotdagi...

Tarbiyalanuvchilar uchun avtobus ajratildi

Boysun tumanining chekka hududlaridagi bolalar uchun maxsus avtobus ajratildi....

Narxlar barqaror

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik nafaqat issiqlik ta’minoti yoki energiya masalasi,...

Yangi o‘quv markazlari tashkil etiladi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida rektor Rasul To‘rayev...
KunTun
KunTun