“Aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida

Date:

Ma’lumki, Davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbekiston—2030” strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi 158-sonli Farmon imzolandi. Farmonda xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimi va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadlari ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, “O‘zbekiston—2030” strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar o‘z ifodasini topgan. Bular:
— barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;
— aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;
— aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
— mamlakatning suveriniteti va xavfsizligini ta’minlash.
“O‘zbekiston—2030” strategiyasi oltita bo‘lim, 100 ta maqsaddan iborat. Eng muhimi unda 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari aniq-tiniq ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, real asoslar bilan ifodalab berilgan.
Strategiyaning to‘rtinchi bobi qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish deb nomlangan. Uning birinchi bo‘limida xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan islohotlar 10 ta maqsadda yorqin ifodasini topgan.
Xususan, aholi farovonligini ta’minlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi “tayanch ko‘prik”ka, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari xalqning chinakam “ovozi”ga aylantiriladi. Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Navbatdagi maqsadlar davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartiblarga barham berish hamda davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etishdir. Yana bir muhim jihat, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda parlament va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish, shuningdek, norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uyg‘unligini ta’minlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirishdan iborat.
Ayni maqsadlar bo‘yicha erishiladigan samaradorlik ko‘rsatkichlari iqtisodiy asoslari va belgilangan vazifalar, ularning aniq ijrosini ta’minlash bilan mustahkamlangan. Bugun ana shu istiqbolli islohotlar mamlakatimiz bo‘ylab puxta va mukammal amalga oshirilyapti. Buni hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi.

Eshqobil SOBIROV,
“Nuroniy” jamg‘armasi Muzrabot tumani bo‘limi raisi,
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Alplar kurashdi

Termiz shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza...

Yashash uchun…

Albatta, yashash uchun sabablarimiz koʻp. Faqat oʻz oldimizga aniq...

Onlayn muloqot o‘tkazildi

Yoshlar ish izlab yoki oʻqish maqsadida xorijga ketishga qaror...

Afv etilganlar oilasi bag‘rida

Inson xato qilsa, buni tushunib yetishi uchun vaqt kerak...
KunTun
KunTun