Sportchilarimiz ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi

Date:

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda jahon chempionligini qo‘lga kiritib, olimpiadalarda qatnashib, nufuzli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, boshqalarga ibrat bo‘lib kelayotgan yoshlarimizning soni tobora ortib bormoqda. Bu, eng avvalo, aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish hamda ommalashtirish, shu orqali aholining barcha qatlami salomatligini mustahkamlash uchun qulay imkoniyat desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Aytish joizki, Muzrabot tumanida sport musobaqasidan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar munosib taqdirlandi. Shuningdek, Davlatimiz rahbarining 2021-yil, 16-iyundagi 5148-sonli Qaroriga muvofiq, jismoniy faollik darajasini oshirishda yuqori natijalarga erishgan, 30 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan va undan katta yoshdagi muzrabotlik fuqarolar ham Sport vaziri tomonidan sport formalari hamda ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Jumladan, tumanda sport sinovlarining ixtiyoriy va maxsus talablarini bajarib, gʻolib va sovrindor boʻlgan aholi vakillarini “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishoni (guvohnomasi) va sport formalari bilan tantanali tarzda taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...

114 ta murojaat joyida hal

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov videokonferensaloqa shaklida navbatdagi ommaviy...

Polvonlarimiz boʻsh kelmadi

Surxondaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari va xizmatchilari...

Angorda yangi savdo do‘konlari ish boshladi

Angor tumanining Yuqori Xo‘jaqiya mahallasida joylashgan «Angor karvonsaroy» savdo...
KunTun
KunTun