Siz kelmang, o‘zimiz boramiz

Date:

Har doim ham sog‘ligimizga jiddiy e’tibor bermaymiz. Shamollashlarni-ku, tik oyoqda o‘tkazib yuboraveramiz. To‘shakka mixlanmaguncha yuraveramiz, yuraveramiz. Vaqtimiz yo‘qligi esa hech qanday bahona bo‘la olmasligini anglaganimizda esa kasalni o‘tkazib yuborgan yoki og‘ir holatlargacha olib kelgan bo‘lganimiz eng yomoni bo‘ladi.
Aholining tibbiy salomatligini asrash muhim, o‘zimiz e’tiborga olmasak-da, salomatlik posbonlari biz uchun qayg‘uradi. Va “Siz kelmang o‘zimiz boramiz” tamoyili asosida joylarda ko‘rikka shoshayotganliklari bizni xushyorlikka chorlasa, ajab emas. Sho‘rchi tumanidagi “Shaldiroq” mahallasida ayni tamoyil asosida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikda aniqlangan kasalliklar bo‘yicha maslahat va davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. O‘z vaqtida o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rikning ahamiyati shundaki, insonlarning doimo sog‘ligiga e’tiborli bo‘lishi va sog‘lom bo‘lib yurishi uchun xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun