Termizda Etno shaharcha qurilmoqda

Date:

Termiz qadimiy va madaniy meros obyektlariga boy shahar. Ayniqsa, so‘nggi yillarda turizm sohasi keng rivoj topayotganligini hisobga oladigan bo‘lsak, shahrimizga tashrif buyuradigan turistlar soni oshib bormoqda. Albatta, keladigan har bir mehmonga yurtimizning diqqatga sazovor joylarini ko‘rsatish bilan birga milliy qadriyat va an’analarimizni-da namoyon etmoqni, milliy taomlarimizdan ilinmoqni istaymiz.
Ayniqsa, viloyat rahbarining tashabbusi bilan Termiz shahrida shaharning qadimiy arxitektura yodgorliklarini o‘zida aks ettiruvchi etno shaharcha barpo etilayotgani turizmni rivojlantirishga, sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda aholining madaniy hordiq olishi uchun xizmat qiladi.
Etno shaharcha loyihasining amalga oshirilishi shaharning turizm salohiyatini oshirish va aholiga qulay yashash muhitini ta’minlash uchun katta ahamiyatga ega. Hududga tutash “Bolajon” bog‘idagi obodonlashtirish ishlari esa mahalliy aholining dam olishi va bolalar uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan. Bu kabi loyihalar nafaqat shahar infratuzilmasini yaxshilashga, balki ijtimoiy hayotning ko‘tarilishiga ham yordam beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limda xalqaro tajriba

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, yetakchi...

Navro‘z sayllari boshlandi

Surxondaryo viloyatida bahorning eng go‘zal bayrami – Navro‘z umumxalq...

Kambag‘allik chekinmoqda

Amalga oshirilayotgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi hududlarda aholi bandligini...

O‘zgarishlar nasimi esmoqda

Surxondaryo viloyati hokimining tashabbusi bilan Termiz tumanidagi “Termiz”, “Quyoshli...
KunTun
KunTun