Bugun qo‘shiq aytishni bilgan ham, bilmagan ham, nota tanigan-u tanimagan ham kuylaydi, konsert beradi. Ayniqsa, jonli ovozni eshitmagan xalqimiz fonogrammaga ham ko‘nikkan, har qalay xonandaning yuzini ko‘rib turishganidan xursand ahvolga kelib qolgan.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona Nizomning 11-ilovasining matniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga doir hujjat loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi tadbir tashkilotchisi amaldagi tartib bo‘yicha so‘raladigan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasiga o‘tkaziladigan konsert-tomosha tadbirining batafsil tafsilotlarigacha yoritib berilgan aniq ssenariysini (talabgor tomonidan kiritilgan hujjatlar kelishiladigan organlarga ham bir vaqtning o‘zida yuboriladi) taqdim etadi.
Xulosa olish uchun Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi tadbir tashkilotchisi tomonidan hujjatlar tadbir o‘tkazilishidan kamida o‘ttiz kun oldin taqdim etiladi. Hujjat bilan shuningdek, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi tadbir tashkilotchilaridan arizani ko‘rib chiqish uchun tegishli tartibda yig‘im undirilishi belgilanmoqda.
Shu bilan birga ruxsat berishga oid talab va shartlarga ham qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ya’ni konsert beruvchidan tadbir davomida milliy an’analar va qadriyatlarni hurmat qilish hamda sahna madaniyatiga amal qilish, tadbirni ruxsatnomada ko‘rsatilgan sana, belgilangan joy va vaqtda o‘tkazish, tadbir o‘tkaziladigan sana yoki joy, tadbir dasturi yoki ssenariysiga o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lganda, bu haqda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasiga darhol xabar berish so‘raladi.
Date: